Prezident Erdoʻgʻan Ataturkni 09:05 da yodga oldi

Prezident Erdoʻgʻan Ataturkni vafotining 83-yilligida mahalliy vaqt bilan soat 09:05 da yodga oldi.

1731789
Prezident Erdoʻgʻan Ataturkni 09:05 da yodga oldi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan vafotining 83-yilligida Mustafa Kemal Ataturkni yodga oldi. Bu haqida ijtimoiy hisobidan Turkiya vaqti bilan soat 09:05 da post qoldirgan Prezident Erdoʻgʻan unda:

“Mustaqillik uchun kurashimizning Bosh qoʻmondoni, Respublikamiz asoschisi Gʻoziy Mustafa Kemal Ataturkni vafotining 83-yilligida ta’zim bilan, rahmat bilan yodga olaman”.-dedi.

Maxsus tayyorlangan ushbu postda Ataturkning fotosurati va unga kiritilgan “Hurmat, rahmat va minnatdorchilik bilan yodga olamiz”.-degan ifodalarga ham alohida oʻrin berildi.


Tanlangan kalimalar: #Ataturk , #Prezident Erdoʻgʻan

Aloqador xabarlar