Erdo‘g‘an Turkiy kengash Bosh prokurorlari majlisiga videomurojaat yo’lladi

"Biz bundan 12 yil avval tashkil etgan Turkiy kengash birligimiz va hamjihatligimiz timsollaridan biridir. 12 yillik vaqt ichida xalqaro maydonda o’z o’rnini egallagan Turkiy kengash global miqyosda oʻz obroʻsini oshirmoqda",-dedi Turkiya prezidenti.

1728154
Erdo‘g‘an Turkiy kengash Bosh prokurorlari majlisiga videomurojaat yo’lladi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ozarbayjon poytaxti Bakuda bo’lib o’tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlar Bosh prokurorlarining birinchi majlisiga videomurojaat yo’lladi.

Erdo'g'an videomurojaatida kengashning Turk dunyosi uchun foydali bo'lishiga tilak bildirdi.

"Biz bundan 12 yil avval tashkil etgan Turkiy kengash birligimiz va hamjihatligimiz timsollaridan biridir. 12 yillik vaqt ichida xalqaro maydonda o’z o’rnini egallagan Turkiy kengash global miqyosda oʻz obroʻsini oshirmoqda. Turkiy kengash yangi ishtiroklar bilan oʻz kuchini oshirmoqda, mintaqaviy hamkorlik formatidan chiqib, xalqaro tuzilmaga ega boʻlmoqda. Kengashimizda hamkorlik qilish va kuzatuvchi boʻlish istagini bildirgan davlatlar soni kundan kunga ortib bormoqda”, -dedi Erdo’g’an.

Prezident shuningdek, Turkiy dunyo davlatlari ko’p millatli platformalarda o’z fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilar ekan, ayni vaqtda Turk dunyosini birlashtiruvchi yagona tashkilot bo’lgan Turkiy Kengash o’zaro hamjihatlikni mustahkamlaganini ta’kidladi.

“Bizga va fuqarolarimizga bevosita daxldor boʻlgan terrorizm, tartibsiz migratsiya, transchegaraviy jinoyatlar kabi tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda biz sud organlarimiz tomonidan yangi muloqot maydonchalarini tashkil etishga katta ahamiyat beramiz. Bunday qadam bizni maqsadlarimizga yaqinlashtiradi”,-deb qo’shimcha qilgan Turkiya prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiy kengash , #Turkiya

Aloqador xabarlar