Turkiyaning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashi haqida batafsil ma’lumot bergan kitob chop etildi

Turkiyaning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda 2053-yilga mo‘ljallagan rejalari haqida batafsil ma’lumot bergan “Turkiyaning yashil taraqqiyot dasturi” degan nom ostida kitob tayyorlandi.

1727464
Turkiyaning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashi haqida batafsil ma’lumot bergan kitob chop etildi

Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchligi, Turkiyaning iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashda 2053-yilga mo‘ljallagan rejalari haqida batafsil ma’lumot bergan “Turkiyaning yashil taraqqiyot dasturi” degan nom ostida kitob tayyorladi.  

Turkiyaning iqtisodiy, ijtimoiy va atrof-muhitini yaxshilashga qaratilgan barqaror rivojlanish maqsadlari ham qo‘lga olingan “Turkiyaning yashil taraqqiyot dasturi” degan nomdagi kitob, Aloqalar bo‘limi yetakchiligining www.iletisim.gov.tr/turkce/yayinlarimiz linki orqali chop etildi.

Kitobda, “Xalqaro jarayonlar va barqaror rivojlanish”, “Yashil taraqqiyot, yashil o‘sish va yashil iqtisodiyot”, “Global isish, iqlim o‘zgarishi va xalqaro kelishuvlar”, “Barqaror rivojlanish maqsadlari va Turkiya”, “Iqlim o‘zgarishi va Turkiya” shuningdek, “Turkiyaning 2053-yilga mo‘ljallangan yashil rivojlanish dasturi”.-degan sarlavhalar bilan turli bo‘limlar o‘rin oldi.

Kitob so‘zboshini Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun yozdi. Altun Turkiya sifatida rivojlanishni har doim iqtisodiy o‘sish bilan birga ijtimoiy, texnologik, institutsional va atrof-muhit sohalarida tuzilmaviy o‘zgarishlarning amalga oshirilishi sifatida qabul qilganliklari va amalga oshirganliklarini bildirdi.

Turkiya sifatida Parij kelishuvi bosh bo‘lish bilan birga xalqaro shartnomalarni qo‘llab-quvvatlashlarini, dunyoning mushtarak muammosi bo‘lgan global iqlim inqirozi bilan barcha davlatlarning birgalikda kurashishi kerakligini ta’kidlagan Faxrettin Altun, yashil rangni himoya qilishni taraqqiyotda berilgan imtiyoz emas aksincha, uzoq muddatda tabiatni muhofaza qilish orqali foydali bo‘ladigan rivojlanish shakli sifatida baholaganliklarini bildirdi. Altun, Turkiyaning Parij kelishuviga amal qilish jarayonida 2053-yilni, “emissiyani aniq nolga tushiradigan sana” sifatida qabul qilganliklarini yodga soldi.

 

 



Aloqador xabarlar