Erdoʻgʻan: Yetarli, toʻyimli va xavfsiz oziq-ovqatga erishish har bir insonning eng asosiy haqqi

Erdo‘g‘on Islom Hamkorlik tashkilotining navbatdagi Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlar oʻrtasida uyushtirilgan konferensiyasiga videomurojaat yo‘lladi.

1725658
Erdoʻgʻan: Yetarli, toʻyimli va xavfsiz oziq-ovqatga erishish har bir insonning eng asosiy haqqi

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan yetarli, toʻyimli va xavfsiz oziq-ovqatga erishish har bir insonning eng asosiy haqqi ekanini qayd etdi.

Erdo‘g‘on Islom Hamkorlik tashkilotining navbatdagi Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha mas’ul vazirlar oʻrtasida uyushtirilgan konferensiyasiga videomurojaat yo‘lladi.

Unda, dunyo aholisi soni koʻpayib borayotgan bir paytda global oziq-ovqatga boʻlgan talab ham kundan kunga ortib borayotganini ta’kidlagan Erdoʻgʻan tabiiy ofatlar, suv tanqisligi, oʻrmon yongʻinlari, sel falokatlari, eroziya va qurgʻoqchilik kabi iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlarining oziq-ovqat resurslarini buzayotganini qayd etdi.

Koronavirus pandemiyasining qishloq xo‘jaligidagi taklif-talab muvozanatini buzganini, ta’minot zanjirlarida uzilishlarga yoʻl ochganini ta’kidlagan Prezident, dunyo aholisining qariyb 10 foizining ochlik xavfi ostida ekanini alohida ta’kidladi.

Erdoʻgʻan bir haftada 810 million inson eng asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga erisha olmas ekan boshqa tomondan yirik sarmoya egalarining bir necha daqiqalik turistik kosmik sayohat uchun yuz millionlab dollar sarflay olayotganiga ham e’tibor qaratib:

“Muloqot bunchalik keng tarqagan va dunyo global qishloqqa aylangan bunday chogʻda hech kimning menga nima boshqasidan deyish imkoni yoʻq. Yetarli, toʻyimli va ishonchli oziq-ovqatga erishish bir imtiyoz emas, hamma uchun eng asosiy haqdir. Islom Hamkorlik tashkiloti a’zolari sifatida yana-da adolatli dunyo uchun ovozimizni chiqarish, insonlik uchun javobgarchilikdir. Albatta buning uchun eng avvalo oʻrtamizdagi birlik va birdamlik va hamkorlikni orttirish alohida oʻringa ega”.-deya gapirdi.  

Erdoʻgʻan, keng ekin maydonlari bilan birga qulay geografik va iqlim sharoiti yordamida koʻplab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarida dunyo lideri boʻlgan Turkiyaning tajriba va imkoniyatlaridan foydalanilishini xohlaganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar