Turkiya Vetnamga 200 ming dozalik vaksina yuboradi

Vitse-prezident Fuat Oʻktay Vetnam Bosh vaziri Fam Min Chin bilan telefon orqali muloqat qildi.

1718700
Turkiya Vetnamga 200 ming dozalik vaksina yuboradi

Turkiya, sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida yangi turdagi koronavirus (Covid-19) pandemiyasiga qarshi Vetnamga 200 ming dozalik vaksina yuboradi.

Vitse-prezident Fuat Oʻktay Vetnam Bosh vaziri Fam Min Chin bilan telefon orqali muloqat qildi.

Unda ikkala mamlakat oʻrtasidagi savdo, sanoat, turizm va Fetullahchi Terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Covid-19 pandemiyasi paytida dunyoning koʻplab mamlakatiga yordam berganliklarini qayd etgan Oʻktay, ikki davlat oʻrtasida qoʻl qoʻyiladigan sogʻliqni saqlash sohasidagi hamkorlik shartnomasi doirasida Vetnamga 200 ming doza Covid-19 ga qarshi vaksina va ushbu virusga qarshi kurash chogʻida ehtiyoj tugʻilgan (ventilyator, bemor monitori, N95 niqob, kombinezon, PCR apparati toʻplami v.b.) ba’zi tibbiy jihozlar yuborilishini bildirdi.

Oʻktay, ikki davlat oʻrtasidagi Erkin savdo shartnomasi tuzilishining har ikki tomon uchun ham foydali boʻladi degan fikrdaligini ham oʻz soʻziga ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Vetnam , #Fuat Oʻktay , #Fam Min Chin , #Covid-19

Aloqador xabarlar