Turkiya Pokistonga ta'ziya izhor etdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Pokiston Tashqi Ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan telefon orqali muloqat qildi.

1716094
Turkiya Pokistonga ta'ziya izhor etdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Pokiston Tashqi Ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiyga qo‘ng‘iroq qilib, yer silkinishida halok bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etdi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda:

“Vazirimiz Mevlut Chavusho‘g‘lu bugun Pokiston Tashqi Ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy bilan telefon orqali muloqat qilib, Pokistonning janubida o‘rin olgan Balujiston viloyatida sodir bo‘lgan yer silkinishida halok bo‘lganlar uchun ta’ziya izhor etdi. Shuningdek ehtiyoj tug‘ilgudek bo‘lsa, Turkiyaning yordamga tayyor ekanini ifoda etdi”.-deyildi.

Eslatib o‘tamiz:

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali yer silkinishida ilk aniqlshlarga ko‘ra 6 nafari yosh bola jami, 20 kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlardan tashqari 300dan ortiq kishi tan jarohati oldi.



Aloqador xabarlar