Turk askarlari Suriyada yordamga muhtoj insonlarga gʻamxoʻrlik qilmoqda

MMV Suriyada yordamga muhtoj insonlarga oziq-ovqat va tibbiy tekshiruv xizmati jihatidan yordam bermoqda.

1709177
Turk askarlari Suriyada yordamga muhtoj insonlarga gʻamxoʻrlik qilmoqda

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) Suriyadagi “Tinchlik bulogʻi” amaliyoti olib borilgan  mintaqadagi qishloqlarda yordamga muhtoj insonlarga oziq-ovqat va tibbiy tekshiruv xizmati jihatidan yordam bermoqda.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda Turk Qurolli kuchlarining har doim va har joyda boʻlganidek insonparvarlik yordamlari bilan mintaqaviy, global tinchlik va barqarorlikka hissa qoʻshishni, qalbining pokligi bilan butun dunyoga oʻrnak boʻlishni davom etayotgani qayd etildi.

Turk askarlarining begunoh va mazlumlarga gʻamxoʻrlik qilib, Suriya xalqining yonida boʻlishni davom etishi ta’kidlangan bayonotda ayniqsa, “Tinchlik bulogʻi” amaliyoti olib borilgan mintaqalardan Kuliya, Salihiyoh, Isavi va Timash turar-joy va qishkloqlarida, eng avvalo barqarorsizlikdan eng koʻp ziyon koʻrgan bolalarga har qanday insonparvarlik yordami berilib, kundalik hayot sharoitini qoʻllab-quvvatlovchi faoliyatlarining ijro etilgani bildirildi.

Shu doirada yordamga muhtoj insonlarga oziq -ovqat va tibbiy teksihruv xizmati jihatidan yordam berilgani ifoda etilgan bayonotda, mintaqada suv muammosiga duch kelgan turar-joylarga tankerlar orqali toza ichimlik suvi yetkazib berilgani ma’lum qilindi.



Aloqador xabarlar