Suriyaning shimolida 6 terrorist yoʻq qilindi

Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham davom etmoqda.

1705185
Suriyaning shimolida 6 terrorist yoʻq qilindi

Suriyaning shimolida PKK terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Suriya shimolida “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududda terroristlarning hujum qilishga tayyorgarlik koʻrayotgani aniqlangan.

Vazirlik oʻz bayonotida:

“Terrorni tub-tubidan yoʻq qilishni davom etyapmiz. Suriyaning shimolidagi Firot qalqoni hududida hujum qilishga tayyorgarlik koʻrayotgani aniqlangan 6 nafar PKK/ YPG terror tashkiloti a’zosi, qahramon Turk Qurolli kuchlarimizning (TQK) muvaffaqiyatli kurashi orqali yoʻq qilindi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar