Turkiya noqonuniy ravishdagi koʻchib-qoʻnishlarning oldini olish uchun yangi choralar koʻrdi

Ibrahim Kalin, xususiy telekanallardan birida kun tartibiga doir savollarga javob berdi.

1697598
Turkiya noqonuniy ravishdagi koʻchib-qoʻnishlarning oldini olish uchun yangi choralar koʻrdi

Prezidentlik apparati matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Turk askarlarining Afgʻonistondan chiqish jarayonining bugun yoki ertaga tamomlanishini bildirdi.

Ibrahim Kalin, xususiy telekanallardan birida kun tartibiga doir savollarga javob berdi.

Kalin, 2001-yildan beri Afgʻonistonda xizmat qilayotgan Turk askarlarining mintaqadan chiqishi haqida:

“(Kecha kechqurundan e’tiboran) 36 soat ichida evakuatsiya amaliyoti tamomlangan boladi”. – dedi va soʻzlarida:

“Askarlarimiz mintaqani tark etganidan keyin ham biz u yerda (Hamid Karzai) aeroportini ishlatishni davom etishimiz mumkin. Buning ustidan muzokaralar davom etadi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Tolibon bilan razvedka boʻlimlari va Tashqi Ishlar vazirligi ishtirokida uchrashuvlar amalga oshirilganini ifoda etgan Kalin:

“Koʻchib-qoʻnishlarning oldini olish uchun diplomatik aloqalarimizni davom ettirmoqdamiz. Buning uchun mintaqa davlatlari bilan xalqaro hamjamiyat yana-da koʻproq javobgarchilik olishi zarur. Turkiya bu boʻyicha zimmasiga tushgan vazifani bajardi. Noqonuniy ravishda koʻchib-qoʻnishlarning oldini olish uchun yangi chora-tadbirlar koʻrdik. Turkiya, hech kimning muhojirlar ombori emas. Eron bilan noqonuniy ravishda koʻchib-qoʻnishlarning oldini olish maqsadida toʻxtamay uchrashuvlar yoʻlga qoʻyilmoqda.”- deya gapirdi.

Eslatib oʻtamiz Turkiya Respublikasi Milliy Mudofaa vazirligi (MMV) Turk Qurolli kuchlari (TQK) unsurlarining Afgʻonistonni tark eta boshlaganini ma’lum qilgandi.

2021-yilning 15-avgusti haftaning yakshanba kuni poytaxt Kobul atrofini qurshab olgan Tolibon, Ashraf Gʻanining mamlakatni tark etishi va hukumat kuchlarining poytaxtdan chiqib ketishi bilan shaharni qulaygina nazorat ostiga olgandi.

 



Aloqador xabarlar