Turkiya Venesuelaga hamdardlik bildirdi

Turkiya Venesuelada sodir bo'lgan sel va tuproq ko'chkilari oqibatida ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan mamlakat hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

1697541

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etildi.

"Do'st Venesuela xalqi va hukumatiga sel falokatida ko'plab insonlar halok bo'lganligi munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz. Falokat oqibatida jarohatlangan insonlarga shifo tilaymiz!",-deyiladi bayonotda.

Venesuela g'arbida joylashgan Merida shaharchasida kuchli yog'ingarchiliklar oqibatida sel falokati va ortidan tuproq ko'chkisi sodir bo'ldi. Falokat oqibatida ko'plab inson halok bo'ldi.

Tanlangan kalimalar: #Venesuela , #Turkiya

Aloqador xabarlar