Turkiya Kobuldan yana 229 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, yana 229 nafar turk fuqarosi kecha tunda Kobul aeroportidagi xavfsiz hududga keltirildi. Ular Turkiya havo kuchlariga oid A400 M rusumli samolyotda mamlakat tomon parvoz qildi.

1695617
Turkiya Kobuldan yana 229 nafar fuqarosini evakuatsiya qildi

 

Turkiya Afg’oniston poytaxti Kobuldan o’z vatandoshlarini evakuatsiya qilmoqda.

So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, yana 229 nafar turk fuqarosi kecha tunda Kobul aeroportidagi xavfsiz hududga keltirildi. Ular Turkiya havo kuchlariga oid A400 M rusumli samolyotda mamlakat tomon parvoz qildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda 5 mingga yaqin Turkiya fuqarosi yashaydi. Ularning 500 nafarga yaqini Turkiyaga olib kelindi.

Turkiya ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, hozirda Turkiyada yashab kelayotgan afg‘onistonlik migrantlar soni 300 mingni tashkil qiladi.


Tanlangan kalimalar: #evakuatsiya , #Kobul , #Turkiya

Aloqador xabarlar