Prezident Erdo'g'an, IDEF'21 15 -Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining ochilishiga ishtirok etdi
Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, terror bilan kurashish nomi bilan, mamlakat chegaralaridan o'n minglab kilometr uzoqlikdagi odamlarga, fuqaro yoki begunoh demasdan, bombalar yog'dirganlar orasida emasliklarini va hech qachon bo'lmaganliklaini bildirdi
Prezident Rajab Toyyib Erdo'g'an, terror bilan kurashish nomi bilan, mamlakat chegaralaridan o'n minglab kilometr uzoqlikdagi odamlarga, fuqaro yoki begunoh demasdan, bombalar yog'dirganlar orasida emasliklarini va hech qachon bo'lmaganliklaini bildirdi.
Erdo'g'an, IDEF'21 15 -Xalqaro mudofaa sanoati yarmarkasining ochilish marosimidagi o’z nutqida, Turkiyaning mudofaa sanoati sohasida ishlab chiqqan barcha imkoniyat va qobiliyatlarni do'stlari bilan bo'lishishdan mamnun bo'lgan bir mamlakat ekanini ta'kidladi.
"O'ylaymizki, mintaqamizda va dunyoda tinchlik, barqarorlik va ishonch muhitining o'rnatilishi mudofaa sanoatida adolatli muvozanatning o'rnatilishiga bog'liq. Turkiya mudofaa sanoatida va boshqa ko'plab sohalarda bo’lganidek go’yo bir inqilob qildi. oxirgi 19 yilda biz juda yaxshi bir nuqtaga kelganmiz" deya qayd etdi.
Mudofaa sanoati sohasida tashqi qaramlikni 80 foizdan 20 foizgacha kamaytirishga muvaffaq bo'lganliklarini aytgan Prezident,
"Biz qurolli uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalash, ishlab chiqarish va sotish bo'yicha dunyodagi birinchi 3-4 mamlakatlar qatoriga qo'shildik. dedi.
Erdog'an,
"Bir tomchi neftni bir tomchi qondan yana yaxshi deb ko'rish mentaliteti bizning dunyomizda, jamiyatimizda va davlatimizda o’rinni yo'q. Biz hech qachon o'n minglab kilometr uzoqlikdagi odamlarga bomba yog'dirganlardan bo'lmaganmiz. chegaralarda, terrorchilikka qarshi kurash nomi bilan, tinch yoki begunoh deb demasdan odamlarga bomba yog’dirgan bo’lmadik deya qayd etdi.