Turkiyada 275 oʻrmon yongʻinidan 272 tasi nazorat ostiga olindi

Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Bekir Pakdemirli, Mugʻlaning Marmaris tumanida matbuotga bayonot berdi.

1689393
Turkiyada 275 oʻrmon yongʻinidan 272 tasi nazorat ostiga olindi

Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi vaziri Bekir Pakdemirli, 2 yongʻin uchogʻining yongʻinlar davom etayotgan Gretsiyaga yuborilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.

Pakdemirli Mugʻlaning Marmaris tumanida matbuotga bergan bayonotida, 10-avgustdan e’tiboran Turkiyada 275 oʻrmon yongʻinidan 272 tasining nazorat ostiga olinganini, Mugʻlaning Koʻyjeyiz, Milas va Bodrum tumanlaridagi yongʻinlarning esa davom etganini bildirdi.

Yongʻinlarni oʻchirish uchun 15 samolyot, 62 ta vertolyot, 9 uchuvchisiz havo transporti, 1 ta uchuvchisiz vertolyot, 850 suv purkagich, 430 texnik vosita va 5 ming 250 xodim ish olib borganini ifoda etgan Pakdemirli, Gretsiyadagi yongʻinlar haqida:

“Gretsiyadagi yongʻin jiddiy tus oldi va aholi punktlariga tahdid sola boshladi. Shu ma’noda qoʻshnimizga 2 ta uchoq yuborilishi rejalashtirilmoqda”. - dedi.

Pakdemirli keyinroq ijtimoiy tarmoqdagi hisobida qoldirgan postida, 11 kundan beri davom etgan Milas yongʻinining nazorat ostiga olingani va sovutish ishlari boshlaganini bildirdi.

 

 



Aloqador xabarlar