Turkiya  hech kim uchun qochqinlar lageri emas

Adolat va taraqqiyot (AK) partiyasi matbuot kotibi O’mer Chelik, Turkiya  hech kim uchun qochqinlar lageri emasligini aytdi.

1688532
Turkiya  hech kim uchun qochqinlar lageri emas

Adolat va taraqqiyot (AK) partiyasi matbuot kotibi O’mer Chelik, Turkiya  hech kim uchun qochqinlar lageri emasligini aytdi.

Prezident va AK Partiya raisi Rajab Toyyib Erdo'g'an boshchiligidagi Partiya Markaziy Ijroiya Kengashi (MYK) yig'ilishi davom etar ekan, O'mer Chelik matbuot uchun bayonot berdi.

Chelik, nutqida, Turkiyaga kelgan afg'on muhojirlari haqida.

"Turkiya o'limdan qochgan odamlarni mamnuniyat bilan kutib oladi. Biz buni suiiste'mol qilishga mutlaqo yo'l qo'ymaymiz. Turkiya hech kim uchun qochqinlar lageri emas." Deb qayd etgan.

"Turkiyaning chegaradagi  hokimiyati ustundir". dedi.

Turkiya bundan ham ko'proq migratsiya yukini ko'tarishga qodir emasligini ta'kidlagan Chelik,

O'tgan hafta Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) ba'zi afg'onlarning AQShga immigratsiya uchun uchinchi davlatlar, shu jumladan Turkiya orqali murojaat qilishlari mumkinligini e'lon qildi va Anqara bunga keskin  reaksiya ko’rsatdi.

Tanju Bilgich, Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi

“Turkiya sifatida biz AQShning mamlakatimiz bilan maslahatlashmasdan qabul qilgan mas'uliyatsiz qarorini qabul qilmaymiz. Agar AQSh bu odamlarni o'z mamlakatlariga olib ketmoqchi bo'lsa, ularni samolyotlar orqali to'g'ridan -to'g'ri o'z mamlakatlariga  olib ketishi  mumkin ", - dedi u.

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Lager , #Qochqin , #Turkiya

Aloqador xabarlar