MXK yig‘ilishida Kipr muammosiga taraf bo‘lganlar yechimning bir parchasi bo‘lishga chaqirildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligidagi Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot e’lon qilindi.

1686528
MXK yig‘ilishida Kipr muammosiga taraf bo‘lganlar yechimning bir parchasi bo‘lishga chaqirildi

Milliy Xavfsizlik kengashi (MXK) Kipr muammosiga taraf bo‘lganlarni, murosasiz yondashuvda oyoq tirash o‘rniga yechimning bir parchasi bo‘lishga chaqirdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an boshchiligidagi Milliy Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi ortidan bayonot e’lon qilindi.

“PKK/ KJK-PYD/ YPG terror tashkilotini himoya qilgan holda, mintaqamizdagi tinchlik va barqarorlikni nishonga olgan hujumlarini davom ettirishiga undagan davlatlar keskin qoralandi”. - deyilgan bayonotda, Fetullahchi Terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurashning hech shubhasiz qarorlilik bilan surishi ham qayd etildi.

Kipr muammosiga ham to‘xtalgan bayonotda:

“Masalaga taraf bo‘lganlar, murosasiz yondashuvda oyoq tirash o‘rniga yechimning bir parchasi bo‘lishga chaqirildi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Bayonotda Armanistonga esa, “Hujumkorona gaplar va harakatlardan voz kechib, kelishuvlariga sodiq qolishi va mintaqa davlatlari bilan hamkorligini rivojlantirishi” taklif qilingani ifoda etildi.



Aloqador xabarlar