Turkiyaning Iroqdagi elchisi Erbilda Mesrur Barzaniy tomonidan qabul qilindi

Tomonlar suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.

1682774
Turkiyaning Iroqdagi elchisi Erbilda Mesrur Barzaniy tomonidan qabul qilindi

 

Turkiyaning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Ali Riza Guney kecha, 29-iyul kuni Iroqning Erbil shahriga tashrif buyurdi.

Elchi tashrif doirasida Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi bosh vaziri Mesrur Barzaniy tomonidan qabul qilindi.

Ma’lumotga ko’ra, suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Turkiyaning Erbildagi bosh konsuli Hakan Karachay va Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvining tashqi aloqalardan mas’ul vakili Sefin Dizayi ham ishtirok etdi.

Turkiya elchisi Ali Riza Guney shuningdek, Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Nechirvan Barzaniy, sobiq rahbar Mesut Barzaniy, Iroq turkman jabhasi ijro kengashi a’zosi Aydin Maruf bilan ham uchrashuv amalga oshirdi.

Muzokaralar davomida tomonlarni qiziqtirgan bir qator dolzarb masalalar bo’yicha fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #Mesrur Barzaniy , #Ali Riza Guney , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar