Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston o'rtasida Baku bayonnomasi qabul qilindi

Bakuda Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston parlament rahbarlari yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Ozarbayjon parlament rahbari Sohiba Gafarova, Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p va Pokiston parlamenti rahbari Asad Kaiser ishtirok etdi.

1681551
Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston o'rtasida Baku bayonnomasi qabul qilindi

 

Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston parlament rahbarlari Baku bayonnomasini qabul qildi.

Ma’lumki, kecha, 27-iyul kuni Ozarbayjon-Pokiston-Turkiya uch tomonlama parlament rahbarlari yig’ilishi bo’lib o’tdi. Bakuda Ozarbayjon parlament rahbari Sohiba Gafarova mezbonligida bo’lib o’tgan yig’ilishda Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p va Pokiston parlamenti rahbari Asad Kaiser ishtirok etdi.

Mazkur yig’ilishda Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston parlament rahbarlari ma’ruza qildi.

Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston o’rtasidagi azaliy munosabatlar do’stlik va qardoshlik asosiga tayanganligini ta’kidlab, Bakuda uch mamlakatning parlament rahbarlari sifatida yangi tashabbusga qo’l urilganligini ma’lum qildi.

U shuningdek, mushtarak shaxdam qadamlar bilan yana-da takomillashadigan ushbu tashabbus parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirishga va yangi qo’shma loyihalarni hayotga tadbiq etishga zamin yaratishini ta’kidladi.

Mustafo Shento’p Ozarbayjon mustaqil davlat sifatida Armanistonni tinchlik bitimi imzolashga taklif qilganini yuqori baholadi.

“Armaniston ushbu taklifga yaxshi niyat bilan yondashishi eng oqilona yo’l bo’lishiga ishonamiz. Urushda mag’lub bo’lishiga qaramay, 20 iyundagi saylovlarda qayta saylangan Pashinyanning imzolagan hujjatlarga to’liq amal qilishini kutib qolamiz. Agar samimiyat bilan bunday qadam tashlagan taqdirda, Turkiya ham samimiy munosabatda bo’lishini aytmoqchiman”,-deb aytgan Mustafo Shento’p.

Pokiston parlamenti rahbari Asad Kaiser o’z navbatida, Ozarbayjon xalqini 44 kun davom etgan Qorabog’ urushida qo’lga kiritilgan ustun g’alaba bilan tabriklar ekan, Pokiston xalqi bundan bag’oyat mamnunligini tilga oldi.

Pokistonni hamisha qo’llab-quvvatlagan Turkiya va Ozarbayjonga samimiy minnatdorlik bildirgan Asad Kaiser Baku bayonnomasi ijrosini amalga oshirishdan bahtiyor bo’lishini tilga oldi.

Ozarbayjon parlament rahbari Sohiba Gafarova esa, Turkiya, Ozarbayjon va Pokiston o’rtasidagi yuksak ishonch va qardoshlik asosida amalga oshirilayotgan ko’p qirrali munosabatlarning abadiy davom etishiga tilak bildirdi.

“Adolat uchun kurashimizda Pokiston va Turkiyaning bizga ko’rsatgan yordamlari qalbimizda va zehnimizda abadiy saqlanib qoladi”,-deb aytgan Sohiba Gafarova.

Uning ta’kidlashicha, parlamentlararo hamkorlik xalqlar o’rtasidagi do’stona munosabatlarning yana-da rivojlanishiga xizmat qiladi.

Tomonlar navbatdagi uch tomonlama yig’ilishni 2022 yil mart oyida Pokistonda o’tkazishga kelishib oldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Baku bayonnomasi , #Pokiston , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar