Angola prezidenti Lourencho Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Angola prezidentining Turkiyaga tashrifi 3 kun davom etadi. Tashrif doirasida bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Angola o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi.

1680086
Angola prezidenti Lourencho Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Angola prezidenti Joao Manuel Gonchelves Lourencho Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning taklifiga binoan bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Angola prezidentining Turkiyaga tashrifi 3 kun davom etadi. Tashrif doirasida bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya va Angola o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, ko’plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko’zdan kechiriladi.

Bundan tashqari, Afrika mintaqasidagi o’zgarishlar bilan bir qatorda, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama munosabatlarning asosini tashkil etadigan qator shartnomalar ham imzolanadi.



Aloqador xabarlar