Chavushoʻgʻlu: Turkiya ShKTR haqqini himoya qilishda hech ikkilanmaydi

Mevlut Chavushoʻgʻlu Antaliyadagi ochilish marosimlaridan birida soʻzlagan nutqida, Prezident Erdoʻgʻanning 20-21 iyul kunlari ShKTRga uyushtirgan tashrifini baholadi.

1678941
Chavushoʻgʻlu: Turkiya ShKTR haqqini himoya qilishda hech ikkilanmaydi

Tashqi Ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu, Turkiyaning kafil mamlakat va onavatani sifatida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (ShKTR) huquqini himoya qilish uchun zimmasiga tushgan vazifasini hech ikkilanmay bajarganini qayd etdi.

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Antaliyadagi ochilish marosimlaridan birida soʻzlagan nutqida, Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻanning 20-21 iyul kunlari ShKTRga uyushtirgan tashrifini baholadi.

Chavushoʻgʻlu, ushbu tashrifdan bir oy oldin butun dunyo Prezident Erdoʻgʻanning ShKTRda  nima qilishi va qanday bayonotlar berishiga qiziqa boshlaganini ta’kidladi.

Prezident Erdoʻgʻanning ShKTRda muhim qadamlar tashlash ehtimoli borligi haqida Kiprning grek tomoni bilan Gretsiyaning butun dunyoni ogohlantirishga uringaniga ham e’tibor qaratgan Chavushoʻgʻli, Turkiyaning har yili 20-iyul kuni oliy darajali bir guruh bilan ShKTRga borib, Tinchlik va gʻalaba kuni bayrami marosimlarida ishtirok etganini yodga soldi.

Buning milliy masala ekanini ta’kidlagan Chavushoʻgʻlu  bu haqida:

“Hurmatli Prezidentimiz ushbu tashrifni amalga oshirdi. ShKTRning, ham Sharqiy Oʻrta yer dengizi ham da uglevodorod jihatidan huquqini himoya qilish uchun kafil mamlakat va onavatani sifatida zimmamizga tushgan vazifani hech ikkilanmay bajaryapmiz. Bundan buyon ham hech ikkilanmaymiz. Bunga hamma amin boʻlsin. ShKTR va Turkiya haqqini himoya qilishda hech taraddutsiz, kerakli qadamlarni tashlaymiz”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Chavushoʻgʻlu, AQShning huddi ana shu kuni Kiprning grek qismi bilan birdamlik yigʻilishi oʻtkazganini ham oʻz soʻziga ilova etdi.

ShKTRda “Yopiq Marash” haqidagi bayonotlarning ham butun dunyoda duv-duv gap boʻlganini yodga solgan Chavushoʻgʻlu bu borada esa:

“Yopiq Marash ustidan oldingi tashriflarimiz chogʻida bir qadam tashlangandi. Shu doirada ba’zi jamoat joylari xalq xizmatiga ochildi. Endi esa kichik bir qismi harbiy maqomdan ajralib, u yerdagi mulk egalari foydalanilishiga ochilish arafasida. Hech qanday mulk haqqi paymol qilinmaydi. Bunga Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi qarorlari ham, xalqaro huquq ham doxil”. - deya gapirdi.

Tashqi Ishlar vaziri Chavushoʻgʻlu, muammoning hal qilinishi uchun 53 yildan beri muzokaralar olib borilayotganligini lekin har safarida Kiprning grek qismining, til topisholmagan tomon boʻlganiga e’tibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar