Prezident Erdoʻgʻan Kipr muzokaralari haqidagi savolga javob berdi

Erdoʻgʻan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (KKTC) joʻnab ketishdan oldin matbuot anjumani uyushtirdi.

1677467
Prezident Erdoʻgʻan Kipr muzokaralari haqidagi savolga javob berdi

Prezident Rajab Tayyip Erdoʻgʻan,

“Bundan buyon Kiprda yangi muzokara jarayoni boshlagudek boʻlsa unda u faqatgina ikki mustaqil va teng huquqqa ega davlat oʻrtasida boʻlishi kerak”. - dedi.

Erdoʻgʻan Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga (KKTC) joʻnab ketishdan oldin matbuot anjumani uyushtirdi.

Prezident Erdoʻgʻan, Kipr turklarining orolda yarim asrdan koʻproq vaqtdan beri tenglik va adolat uchun kurashayotganini ta’kidlagan holda:

“Tashrifimiz davomida Prezident Ersin Tatar bilan uchrashamiz. Milliy kurashimiz va Sharqiy Oʻrta yer dengizi bilan bogʻliq vaziyatni baholaymiz”. - deya gapirdi.

Erdoʻgʻan,

“Kiprda adolatli, doimiy va barqaror bir kelajakni orzu qilgan barcha tomon bu tarixiy imkondan foydalanishi kerak. Shu haqidagi chaqirigʻimni takrorlayman. Kiprning turk tomoni dunyoga kimning muammoni hal qilish tarafdori, kimning esa buning tarafdori emasligini yana bir bor koʻrsatdi”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Rajap Tayyip Erdoʻgʻan,

“Turkiya va turk xalqining har bir a’zosi kecha boʻlganidek bugun ham, ertaga ham  Kipr turklarining yonida boʻlishni davom etadi.” - dedi.

Prezident Erdoʻgʻan Kipr muzokaralari haqidagi bir savolga qarshi quyidagilarni qayd etdi:

“Bundan buyon Kiprda yangi muzokara jarayoni boshlagudek boʻlsa unda u faqatgina ikki mustaqil va teng huquqqa ega davlat oʻrtasida boʻlishi kerak”.

Erdoʻgʻan, Ozarbayjon - ShKTR mavzusi haqida esa,

“Ozarbayjon bosh boʻlish bilan birga dunyoning turli davlatlaridan bu yer (ShKTR) bilan aloqalarning oliy darajada tuzilishi, bizning gʻayratimiz va faoliyatlarimizdir”. - deya gapirdi.

 

 



Aloqador xabarlar