TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.
1676292
Suriyada “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan mintaqada PKK terror tashkilotiga a’zo 7 terrorist yo‘q qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, terror tashkiloti a’zolari Bashilhaya bazasi hududiga qarshi ig‘vogar tusda o‘q uzgan. Ortidan Turk Qurolli kuchlari zudlik bilan harakatga o‘tgan.
Unda, PKK/ YPG terror tashkilotiga oid obyektlarga qarshi o‘zini himoya qilish va jazolash otishlari amalga oshirilgan.
Tel Rifatda aniqlangan terroristlarga oid obyektlar aniq urilgan otishmalarda, terror tashkilotining Qandil kadrlaridan ekani aniqlangan 3 terrorist bilan Shayx Iso va Ayn Daknah mintaqalaridagi PKK/ YPG mavzelarida 4 terrorist yo‘q qilingan.