Chavushoʻgʻlu Samad Seyidov va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi

Ozarbayjon Milliy Majlisi Tashqi Ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Samad Seyidov poytaxt Anqarada.

1674938
Chavushoʻgʻlu Samad Seyidov va hamrohligidagi hay’atni qabul qildi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavushoʻgʻlu Ozarbayjon Milliy Majlisi Tashqi Ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Samad Seyidov bilan uchrashdi.

Poytaxt Anqaraga tashrif uyushtirgan Seyidov va hamrohligidagi hay’atni qabuli haqida Twitter hisobi orqali ma’lumot boʻlishgan Chavushoʻgʻlu:

“Shusha deklaratsiyasi orqali birodarlik aloqalarimiz har sohada yana-da mustahkamlanib bormoqda”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

Chavushoʻgʻlu bilan Seyidovning ushbu uchrashuvida Turkiya Buyuk Millat Majlisining (TBMM) Tashqi aloqalar komissiyasi raisi Akif Chagʻatay Kilich ham ishtirok etdi.

 

 



Aloqador xabarlar