MMV: “Terror va terroristga hech qayerda yoʻl yoʻq!”

Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashi mamlakatda boʻlganidek qoʻshni davlatlarda ham uzluksiz davom etmoqda.

1664008
MMV: “Terror va terroristga hech qayerda yoʻl yoʻq!”

Suriyadagi Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan 2, Tinchlik bulogʻi amaliyoti olib borilgan mintaqaga qarshi oʻq uzgan 1 jami 3 nafar PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo terrorist yoʻq qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligi (MSB) tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan  bayonotda quyidagi ifodalarga oʻrin berildi:

“Terror va terroristga hech qayerda yoʻl yoʻq! Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqaga sizib kirishga uringan 2, Tinchlik bulogʻi amaliyoti olib borilgan mintaqaga qarshi oʻq uzgan 1 jami 3 nafar PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo terrorist, qahramon qoʻmondonlarimizning muvaffaqiyatli kurashi asosida yoʻq qilindi”.



Aloqador xabarlar