Shushada Erdo’g’an sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi

Ozarbayjon ramzi bo’lgan tarixiy Shusha shahri oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatildi. Faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

1658736
Shushada Erdo’g’an sharafiga rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Tog’li Qorabog’dagi Shusha shahrida tantanali marosim bilan kutib olindi.

Erdo’g’an sharafiga Shusha hokimligi binosi oldida rasmiy kutib olish marosimi o’tkazildi.

Ozarbayjon ramzi bo’lgan tarixiy Shusha shahri oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari va shiorlar bilan bezatildi. Faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Tadbirda Turkiya yoshlar va sport vaziri Mehmet Muharrem Kasapog’lu, madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y, milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, qishloq-xo’jaligi va o’rmon vaziri Bekir Pakdemirli, Turkiya parlamenti vakili va Milliyatchi harakat partiyasi deputati Jalol Adan, Ak partiya bosh rahbari vakili Binali Yildirim, Ak partiya kotibi Umar Chelik, prezident huzuridagi aloqa departamenti rahbari Fahriddin Altun, prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, milliy razvedka tashkiloti rahbari Xakan Fidan, prezident huzuridagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir va boshqalar ishtirok etdi.

Kutib olish marosimidan so‘ng Erdo’g’an va Ilhom Aliyevning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi. Unda davlat rahbarlari Turkiya va Ozarbayjon strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligining barcha jihatlarini ko‘rib chiqdilar, siyosiy muloqotni yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratdilar.

Shuningdek, dushman ishg’olidan qutqarilgan Shusha shahrini qayta tiklashga bor kuchi bilan g’ayrat qilishga kelishib oldilar.

Prezident Erdo’g’an taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, ikki mamlakat munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini e’tirof etdi.

Uchrashuv va muzokaralarda Tog’li Qorabog’ni, ayniqsa Shusha shahrini qayta tiklash yo’lida amalga oshiriladigan yirik loyihalar, siyosiy va iqtisodiy sohasida bir qator shartnomalar imzolanadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ilhom Aliyev , #Shusha , #Erdo'g'an , #Ozarbayjon , #Turkiya

Aloqador xabarlar