Ilhom Aliyev Haluk Bayraktarni “Qorabog’ ordeni” bilan taqdirladi

Davlat ordeni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Haluk Bayraktarga taqdim etildi.

1658881
Ilhom Aliyev Haluk Bayraktarni “Qorabog’ ordeni” bilan taqdirladi

 

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “Baykar” kompaniyasi bosh direktori Haluk Bayraktarni “Qorabog’ ordeni” bilan taqdirladi. Ushbu orden “Baykar” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qurolli dronlarning Qorabog’ urushidagi ustun xizmatlarini munosib taqdirlash maqsadida berildi.

Davlat ordeni Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning Ozarbayjonga rasmiy tashrifi doirasida mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Haluk Bayraktarga taqdim etildi.

Haluk Bayraktar bu uning uchun “kutilmagan sovg‘a” bo‘lganini aytib, Prezident Ilhom Aliyevga cheksiz minnatdorligini bildirgan.

U shuningdek, ushbu quvonarli voqeani twitter orqali ma’lum qildi.

“Ishg’oldan ozod qilingan Qorabog’ning qalbi Shushani ziyorat qilish bahtiga muyassar bo’ldik. Janob Ilhom Aliyev tomonidan munosib ko’rilgan Qorabog’ ordenini 15 iyun – Ozarbayjon milliy kunida prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo’g’anning huzurlarida qabul qilib oldim. Bundan faxrlanaman!”,-deb yozadi u twitterdagi sahifasida.

Ta’kidlash joizki, Ozarbayjonning Tog’li Qorabog’ urushida qo’lga kiritgan g’alabasida Turkiyaning “Baykar” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Bayraktar TB2” uchuvchisiz boshqariladigan qurolli dronlari muhim ro’l o’ynagandi.



Aloqador xabarlar