Emina Erdo’g’an Maorif jamg’armasi yig’ilishida ishtirok etdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an kecha Belgiya poytaxti Brusselda Maorif jamg’armasi yig’ilishida ishtirok etib, u yerda tahsil olayotgan talabalar bilan uchrashdi.

1658338
Emina Erdo’g’an Maorif jamg’armasi yig’ilishida ishtirok etdi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning turmush o’rtog’i Emina Erdo’g’an kecha Belgiya poytaxti Brusselda Maorif jamg’armasi yig’ilishida ishtirok etdi.

Emina Erdo’g’an bu haqda twitter orqali ma’lum qildi.

“NATO sammiti doirasida Brusselda Maorif jamg’armasining mamlakatdagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etilgan yig’ilishda ishtirok etdim. Tadbirda nodavlat tashkilotlari vakillari va talabalar bilan uchrashib, faoliyatlar haqida fikr almashdik. U yerda tahsil olayotgan talabalarimizning har biriga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!”,-deb yozgan Emina Erdo’g’an.



Aloqador xabarlar