Siirtdagi terror hujmida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘ldi
Siirtda PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar uyushtirgan hujumlar natijasida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘lar ekan, yana biri tan jarohati oldi.
Turkiyaning Siirt viloyatining Pervari tumanida PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlarning uzun stvolli qurollar orqali uyushtirgan hujumlari natijasida xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘lar ekan, yana biri tan jarohati oldi.
Siirt shahar hokimligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Pervari tumani Jandarmeriya qo‘mondonligi mas’uliyati ostidagi hududda joylashgan Dog‘an qishlog‘i Deg‘irmentashi bazasiga qarshi PKK terror tashkiloti a’zolari tomonidan uzun stvolli qurollar orqali hujum qilingan.
Hujum oqibatida bazada ishlagan xavfsizlik qo‘riqchilaridan biri shahid bo‘lar ekan, yana biri tan jarohati olgan.
Tan jarohati olgan qo‘riqchi, Siirtdagi kasalxonaga yotqizildi.
Mintaqada terroristlarga qarshi yo‘lga qo‘yilgan amaliyotlar davom etmoqda.
Aloqador xabarlar
Erdo‘g‘an Shohboz Sharif bilan Pokiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
Prezident Erdo‘g‘an bilan Pokiston Bosh vaziri Shohboz Sharif telefon orqali muloqot qildi.
Hakan Fidan Rossiya - Ukraina urushi yo‘l ochgan fojiaga e’tibor qaratdi
Hakan Fidan kecha Shveytsariyada uyushtirilgan Ukraina Tinchlik sammitida nutq so‘zladi.