Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 30 mlndan oshdi

Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’lum qilishicha, bugun, 4 iyundan boshlab mamlakatda 30 mln doza vaksina qabul qilingan.

1651971
Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 30 mlndan oshdi

 

Turkiyada koronavirusga qarshi emlanganlar soni 30 mlndan oshdi.

Bu haqda Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, bugun, 4 iyundan boshlab mamlakatda 30 mln doza vaksina qabul qilingan.

“Aholimizning uchdan bir qismidan ko’prog’i koronavirusga qarshi emlandi. Bundan tashqari, yana aholimizning uch barobaridan ko’prog’iga yetadigan darajada vaksina sotib olish bo’yicha shartnomamiz mavjud. Kelajagimiz bugunimizdan yana ham porloq bo’ladi. Bunga ishoning!”,-deb yozdi Turkiya sog’liqni saqlash vaziri twitterda.

Turkiyada hozirda “Sinovac” , “BioNTech” va “Sputnik V” vaksinalari qo’llanilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar