Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiya savdo vazirini qabul qildi

Qabul chog’ida Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik, qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

1651525
Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar Turkiya savdo vazirini qabul qildi

 

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatar amaliy tashrif bilan mamlakatda bo’lib turgan Turkiya savdo vaziri Mehmet Mushni qabul qildi.

Qabul chog’ida Turkiya va Shimoliy Kipr Turk Respublikasi o‘rtasidagi ko‘p qirrali amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, do‘stlik, qardoshlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqilgan.

Davlat rahbari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va qat’iy sa’y-harakatlari tufayli o‘zaro hamkorlikda erishilgan hozirgi yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush Shimoliy Kipr Turk Respublikasi prezidenti Ersin Tatarga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Ersin Tatar koronavirus infeksiyasining shiddatli tarqalishiga qarshi kurashishda yaqindan hamkorlikka diqqat qaratib, ko’rsatgan beg’araz yordamlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

“Pandemiyaga qarshi kurash jarayonini yaxshi boshqarganimizga ishonaman. Pandemiya sharoitida bizdan yordamini ayamagan Turkiya Respublikasi va Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’anga minnatdorligimni bildirmoqchiman. Muhimi mana shunday murakkab davrda Kiprdagi turk xalqining orqasida kuchli Turkiya davlati borligini bizga namoyon qildi”,-dedi prezident Ersin Tatar.

Turkiya savdo vaziri Mehmet Mushning mamlakatga tashrifi davom etmoqda. U tashrif doirasida bir qator tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek tegishli vazirliklar bilan muzokaralar yakunida muhim hujjatlarga imzo qo’yiladi.

Mehmet Mush Shimoliy Kipr Turk Respublikasi bosh vazir o’rinbosari, iqtisodiyot va energetika vaziri Arikli hamda Moliya vaziri Dursun O’g’uz bilan ham uchrashuv amalga oshirdi.



Aloqador xabarlar