Bitlisda bir askar bilan bir nafar xavfsizlik qo‘riqchisi shahid bo‘ldi

Bitlisdagi PKK terror tashkilotiga qarshi kurashda bir askar bilan bir nafar xavfsizlik qo‘riqchisi shahid bo‘ldi.

1650195
Bitlisda bir askar bilan bir nafar xavfsizlik qo‘riqchisi shahid bo‘ldi

Turkiyaning Bitlis viloyatida PKK terror tashkilotiga qarshi yo‘lga qo‘yilgan amaliyotda bir askar bilan bir nafar xavfsizlik qo‘riqchisi shahid bo‘lar ekan to‘rt askar tan jarohati oldi.

Bitlis gubernatorligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Amaliyot olib borilgan mintaqadan qochgan terror tashkiloti a’zolarini yo‘q qilish uchun havodan qo‘llab - quvvatlangan amaliyot ijro etilmoqda”. - deyildi.

Bayonotda shuningdek, xavfsizlik kuchlarining mintaqa xalqining ham yordamida tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida viloyat bo‘ylab amaliyotlarini orttirgan holda terrorga qarshi kurashni qarorlilik bilan davom ettirgani ham qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Bitlis , #shahid , #PKK terror tashkiloti

Aloqador xabarlar