Erdo‘g‘an: Taksim jome’ masjidimiz, allaqachon Istanbul ramzlari orasida o‘z o‘rnini egalladi

Istanbulda bundan 4 yil oldin tamal toshi qo‘yilgan “Taksim” jome’ masjidi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida Juma namozi bilan ibodatga ochildi.

1647618
Erdo‘g‘an: Taksim jome’ masjidimiz, allaqachon Istanbul ramzlari orasida o‘z o‘rnini egalladi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, Taksim jome’ masjidining ochilish marosimida so‘zlagan nutqida,

“Dunyoda kamdan - kam loyihalar qatoriga kirgan Taksim jome’ masjidimiz, allaqachon Istanbul ramzlari orasida o‘z o‘rnini egalladi”. - dedi.

Istanbulda bundan 4 yil oldin tamal toshi qo‘yilgan “Taksim” jome’ masjidi, Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an ishtirokida Juma namozi bilan ibodatga ochildi.

Namozdan keyin ochilishda ishtirok etganlarga xitob etgan Erdo‘g‘an:

“Birinchi juma namozini o‘qigan Taksim jome’ masjidimiz Istanbulimiz, yurtimiz va Islom olami uchun xayrli bo‘lishini tilayman”. - dedi.

“Taksim jome’ masjidini sal oldin takror ibodatga ochgan Ayasofiya buyuk jome’ masjidiga berilgan bir salom, Istanbul fathining 568 - yilligida taqdim etilgan bir tuhfa sifatida qabul qilyapman”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini:

“Taksim jome masjidi qariyb 1.5 asrlik kurash ortidan Istanbulimizga taqdim etildi”. - deya tamomladi.

 



Aloqador xabarlar