Mehmet Nuri Ersoy:"Turkiya xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturini yo‘lga qo‘ygan yagona davlat"

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy joriy yilning 21-23 may kunlari Antaliyada Turkiyadagi xorijiy missiya elchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda 2021-yil yozgi mavsumga tayyorgarlik haqida muhim ma’lumotlar berdi.

1646835
Mehmet Nuri Ersoy:"Turkiya xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturini yo‘lga qo‘ygan yagona davlat"

 

Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturini yo‘lga qo‘ygan dunyodagi ilk davlatlardan biri Turkiya 2021-yilgi yoz mavsumiga ham yuqori darajada hozirlik ko‘rmoqda. 2020-yilning iyun oyida boshlangan aeroportlaridan transport vositalariga, turar joy muassasalaridan ovqatlanish joylarigacha sayyohlarga xizmat ko‘rsatgan barcha nuqtalarning global sog‘liqni saqlash xavfsizligi standartlariga mos kelishini belgilab beradigan xavfsiz turizm sertifikati shu kungacha jami 9 ming 800 dan ortiq ob’yekt va transport vositalariga berildi.

Turkiya 2021-yildan boshlab mazkur sertifikatni 30 va undan ko‘p o‘rinli barcha tunash muassasalari uchun majburiy qildi. Turkiya shuningdek, milliy emlash dasturi doirasida turizm xodimlariga ustuvorlik berib, yuqori xavfsizlik standartlari bilan 2021-yilning yoziga tayyor holga keldi.

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy joriy yilning 21-23 may kunlari Antaliyada Turkiyadagi xorijiy missiya elchilari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda 2021-yil yozgi mavsumga tayyorgarlik haqida muhim ma’lumotlar berdi.

“Turkiya 2020-yilning iyun oyida dunyoda xavfsiz turizm sertifikatini joriy qilgan ilk davlatlardan biri bo‘ldi. 2020-yilda mamlakatimizga 16 million sayyoh tashrif buyurdi. Ularning xavfsizligi va sog‘ligi biz uchun eng ahamiyatli masala edi. Amalga oshirilgan xavfsiz, faol va tartibli dastur hamda chora-tadbirlar yordamida sertifikat dasturimiz ham o‘z sohasida dunyoning eng muvaffaqiyatli ishlari orasidan o‘rin egalladi. Natijada mavsumni juda yaxshi o‘tkazdik. Avvalo, tunash muassasalarimizning 30 va undan ko‘p o‘rinlilari uchun sertifikat dasturini majburiy etib belgiladik, keyinroq esa sertifikat olgan tadbirkorlarimiz buni davom ettira olishlari uchun dastur doirasidagi nazoratni kuchaytirdik. Milliy emlash dasturimiz doirasida bugungi kunga qadar Turkiya fuqarolariga 27 million dozadan ortiq vaksina qo‘llanildi. Turizm sohasi xodimlarimiz uchun birinchi o‘ringa qo‘ygan emlash dasturi iyun oyida yanada jadallashib boraveradi”,-dedi Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri.

 

2021-yil Turkiya turizmida xavfsizlik yili bo‘ladi

Vazir Ersoy o‘z so‘zini “O‘tgan yili xavfsiz turizmda yetakchi rol o‘ynadik. 2021-yil esa emlash dasturi bilan yanada xavfsizroq yil bo‘ladi. Joriy yilda mamlakatimizning barcha burchaklarida soni 10.000 dan oshadigan Xalqaro sertifikatli turizm muassasalarimiz bilan 2021-yilgi yoz mavsumga tayyormiz” shaklida davom ettirdi.

 

Elchilar chora-tadbirlarni joyida sinab ko‘rdilar

Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi va Turkiya turizmni targ‘ib qilish va rivojlantirish agentligi (TTRA) xorij mamlakatlarining Turkiyadagi elchilarini Antaliyada tashkil etilgan “Xavfsiz turizm tadbiri”da mehmon qildilar. Turkiya Respublikasining Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy tadbirda so‘zga chiqib, Turkiya tomonidan xavfsiz turizmda ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlarni mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlat vakillariga ham aynan o‘rgatishni maqsad qilganligini ta’kidladi.

Turkiya turizmi haqida qo‘shimcha ma’lumot uchun https://www.goturkiye.com  manzilga tashrif buyuring.


Tanlangan kalimalar: #turizm , #Turkiya , #Mehmet Nuri Erso’y

Aloqador xabarlar