TRT World Forumda “Falastin qarshiliklarida yuz berganlar” mavzusi qo‘lga olinadi

Bugun TRT World Forumda “Falastin qarshiliklarida yuz berganlar” mavzusi qo‘lga olinadi.

1645935
TRT World Forumda “Falastin qarshiliklarida yuz berganlar” mavzusi qo‘lga olinadi

TRT World Forum tomonidan uyushtirilgan Raqamli munozaralar seriyasida bugun oqshom “Falastin qarshiliklarida yuz berganlar” mavzusi qo‘lga olinadi.

Turkiya vaqti bilan soat 20:00 da boshlaydigan “Falastin qarshiliklarida yangi davr” deb nomlangan majlis mehmoni Falastin milliy ma’muriyatining Britaniya vakili Xusam Zomlot bo‘ladi. Majlis moderatorligini “Marmara” universiteti sotsiologiya bo‘limi o‘qituvchisi va TRT World tadqiqot markazining katta a’zosi Talip Kuchukjan yuritadi.

Unda mutaxassislar Isroil askarlarining Sharqiy Quddusda falastinliklarga qarshi kunlab davom etgan nomutanosib aralashuvi ortidan Isroil bilan Hamas o‘rtasida erishilgan sulh bitimining kuchga kirishi va Falastinning qarshilik ko‘rsatishdagi yangi davrda yuz beradigan holatlar mutahassislar tomonidan muhokama qilinadi.

Yig‘ilishni TRT World Forumining YouTube (@trtwordlforum), Facebook (@trtwordlforum), Twitter (@trtwordlforum) hisoblari orqali jonli ravishda kuzatib borish mumkin.

Ertaga soat 18:00 da yana jonli efir orqali beriladigan “Kino va qarshilik: The Place” filmi sarlavhasidagi “Reflection” suhbatida esa xalqaro hamjamiyatga tanilgan “The Place” filmining falastinlik operator va rajissyori O‘mar Rammal mehmon bo‘ladi.

Ushbu tadbir TRT World Forumning Instagram hisobi orqali havola qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #TRT World Forum , #Falastin

Aloqador xabarlar