Mavlud Chavusho'g'li BMT Bosh Assambleyasi majlisida ishtirok etadi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li ertaga, 20-may kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida ishtirok etish uchun Nyu Yorkka jo'nab ketadi.

1642091
Mavlud Chavusho'g'li BMT Bosh Assambleyasi majlisida ishtirok etadi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g'li bugun, 19-may kuni Falastin, Pokiston va Tunis tashqi ishlar vazirlari bilan birga Nyu Yorkka jo'nab ketadi.

Mavlud Chavusho'g'li ertaga, 20-may kuni Nyu-Yorkda bo'lib o'tadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida ishtirok etadi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Mavlud Chavusho'g'li Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi yalpi majlisida nutq so'zlaydi. U o'z nutqida Isroil-Falastin mojarolariga diqqat qaratadi. 

Shuningdek, tadbir doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-sessiyasi ishtirokchilari bilan o'zaro uchrashuvlar amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar