Erdo'g'an Malayziyaning sobiq bosh vaziri bilan muloqot qildi
Tomonlar xalqaro siyosiy masalalari bo'yicha fikr almashdilar. Ular Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar.
![Erdo'g'an Malayziyaning sobiq bosh vaziri bilan muloqot qildi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/27e5/a78e/59a1/5dfa073967b6f.jpg?time=1718511770)
Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Malayziyaning sobiq bosh vaziri Muhathir Muhammad bilan telefon orqali muloqot qildi.
Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, tomonlar suhbat avvalida Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Ushbu muqaddas ayyomning barcha musulmonlar uchun alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etib, do'st Turkiya va Malayziya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor qildilar.
Yetakchilar shuningdek, xalqaro siyosiy masalalari bo'yicha fikr almashdilar. Ular Sharqiy Quddusdagi vaziyatning keskin tus olishi munosabati bilan chuqur xavotirda ekanliklarini bildirdilar.
Falastin-Isroil muammosi xalqaro huquq normalariga muvofiq tinch yo‘l bilan hal etilishi lozimligi qayd etildi.