Erdo’g’an Iordaniya qiroli va Quvayt amiri bilan muloqot qildi

Muloqot chog’ida Isroilning Al-Quds va Masjid Al-Aqsoga sodir etayogan hujumlari muhokama qilindi.

1637662
Erdo’g’an Iordaniya qiroli va Quvayt amiri bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Iordaniya qiroli 2-Abdulloh va Quvayt amiri Navvof bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqot chog’ida Isroilning Al-Quds va Masjid Al-Aqsoga sodir etayogan hujumlari muhokama qilindi.

Erdo’g’an Iordaniya qiroli bilan bo’lgan suhbatida, Isroil hujumlari nafaqat Falastin xalqiga, balki dunyodagi barcha musulmonlarga qarata sodir etilayotganini ta’kidlab, ushbu hujumlarni to’xtatish uchun Turkiya va Iordaniya hamkorlikda ish olib borishi mumkinligini bildirdi.

Isroil politsiyasi muborak ramazon oyida islom olami uchun muqaddas bo‘lgan Masjid Al-Aqsoda ibodat qilish uchun to’plangan musulmonlarga qarshi qurol ishlatgandi. Bu oxirgi yillardagi eng keskin to‘qnashuv bo‘ldi. To‘qnashuvlar Isroil Al-Qudsdan bir necha falastinlik oilani chiqarib yuborishni xohlayotgani sabab boshlangandi, keyin esa musulmonlarni Masjid Al-Aqsoga kiritishmagach, vaziyat keskinlashdi.

Kecha, 10 may kuni tunda Isroil armiyasi Falastinning HAMAS guruhiga tegishli harbiy ob’yektlarga aviazarba berdi. Avvalroq, HAMAS Masjid Al-Aqsodagi mujsulmonlarga nisbatan kuch ishlatishlar uchun Isroil tomonga raketa zarbalarini amalga oshirgandi. Isroilning zarbalari oqibatida 9 nafar falastinlik halok bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar