Kalin: Baydenning bayonoti adolatdan emas va uni butunlay rad etib, keskin qoralaymiz

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin, Britaniyaning Reuters axborot agentligiga bayonot berdi.

1628297
Kalin: Baydenning bayonoti adolatdan emas va uni butunlay rad etib, keskin qoralaymiz

Prezidentlik apparati Matbuot xizmati kotibi Ibrahim Kalin,

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat rahbari Jo Baydenning 1915 - yilgi voqealarni “qatliom” deb baholashiga Turkiyaning javob berishini bildirdi.

Britaniyaning Reuters axborot agentligiga bergan bayonotida Ibrahim Kalin,

“Jo Baydenning bu dahshatli bayonoti adolatdan emas va uni butunlay rad etib, keskin qoralaymiz. Bayonotni tarixiy haqiqalatlar ham qo‘llab - quvvatlamaydi. Qonuniy asosi yo‘q”. - dedi.

Turkiyaning yuqorida nomi tilga olingan bayonotga vaqti kelib javob berishini qayd etgan Kalin bu borada,

”Kelasi kun va oylarda farqli tur va darajada bunga javob qaytariladi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotning siyosiy jihatdan ham mas’uliyatsiz tusda ekanini ifoda etgan Kalin,

“Siyosiy jihatdan qo‘lga olganimizda bu mas’uliyatsiz va konstruktiv tusda emas. Qorabog‘ning ozod etilishidan (oktabr 2020) keyingi Armaniston bilan til topishish jarayoni doxil Turkiya  o‘rin olgan hech qaysi jarayonga hissa ham qo‘shmaydi. Albatta, Turkiya - AQSh munosabatlariga ta’sir qiladi”. - deya gapirdi.

Ibrahim Kalin 2005 - yilgi Prezident Erdo‘g‘anning, mushtarak qo‘mitaning arxivlarni ochib bu mavzuni ko‘rib chiqishi haqidagi taklifini ham yodga soldi.

Armaniston tomoni bu taklifga o‘z iddiolarining o‘rinsiz ekanini oshkor bo‘lishini bilgani uchun javob bermaganini ta’kidlagan Kalin, Turkiyaning bu bayonotga qarshilik berishni davom etishini ham o‘z so‘ziga ilova etdi.  

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Ibrahim Kalin , #Armaniston , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar