Istanbulda Turkiya-Afg’oniston-Pokiston tashqi ishlar vazirlari anjumani bo’lib o’tadi
Anjumanda Afg‘onistonda tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo muzokaralar, shuningdek, xavfsizlik, energetika, migratsiya bo’yicha uchala mamlakat o’rtasida mavjud hamkorlik imkoniyatlari muhukama qilinadi.
Ertaga, 23 aprel kuni Istanbulda Turkiya-Afg’oniston-Pokiston tashqi ishlar vazirlari anjumani bo’lib o’tadi.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi yozma bayonot berdi.
Bayonotga ko’ra, anjumanda Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlikka erishish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha afg‘onlararo muzokaralarga doir o’zgarishlar, shuningdek, xavfsizlik, energetika, migratsiya bo’yicha uchala mamlakat o’rtasida mavjud hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilinadi.
Qolaversa, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog’li anjuman doirasida Afg’oniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari bilan o’zaro uchrashuvlar amalga oshirishi rejalangan.
Aloqador xabarlar
Numan Kurtulmush rasmiy tashrif bilan Rossiyada
Numan Kurtulmush, «Yunus Emre» institutni «muhim madaniy diplomatiya markazi» deb baholadi.
Yashar Guler Abdusalom Zubiyni qabul qildi
Abdusalom Zubiy, chet elga boʻlgan ilk tashrifini Turkiyaga uyushtirdi.