Egey dengizi qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar quriqlikka olib chiqildi

Egey dengizi qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan 113 nafar muhojir quriqlikka olib chiqildi

1624795
Egey dengizi qirg‘og‘idan uzoq nuqtada chorasiz qolgan muhojirlar quriqlikka olib chiqildi

Turkiyaning Izmir va Chanoqqal’a viloyatlari qirg‘og‘idan uzoq nuqtada Gretsiyaning Sohil Xavfsizlik xodimlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgan 113 nafar muhojir quriqlikka olib chiqildi.

Izmirning Seferihisar tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada 2 ta puflangan qayiqda bir guruh muhojir borligi haqidagi ma’lumot ortidan, Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi qayig‘i yo‘l oldi.

Gretsiya unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgani aniqlangan 59 nafar muhojir qutqarildi.

Ular orasida ayollar va bolalar ham bor muhojirlar, kerakli protsedura ortidan Migratisya idorasiga yuborildi.

Sohil Xavfsizlik qo‘mondonligi xodimlari shuningdek, Gretsiyaning Lesbos oroliga borishni rejalashtirgan kishilarning Chanoqqal’aning Ayvajik tumani qirg‘og‘idan uzoq nuqtada, puflangan qayiq orqali yo‘l olgani haqidagi ma’lumotga muvofiq qutqaruv harakatini boshlatdi.

Qayiq orqali mintaqaga yetib borgan xodimlar, Gretsiyaning Sohil Xavfsizlik unsurlari tomonidan Turk hududiy suvlariga qaytarilgani aniqlangan 54 nafar muhojirni qutqardi.

Noqonuniy muhojirlar, qonuniy ishlari ortidan Ayvajikdagi Chet elliklarni o‘z yurtiga qaytarish markaziga topshirildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #muhojirlar , #Gretsiya

Aloqador xabarlar