Mavlud Chavusho'g’li BMT bosh kotibining Kipr bo'yicha maslahatchisi bilan uchrashdi
Mavlud Chavusho'g’li, Lute bilan aprel oyida Jenevada Kipr masalasiga bag’ishlab o’tkaziladigan 5+1 formatidagi norasmiy anjumanga tayyorgarlikni ko’zdan kechirganligini qayd etdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li BMT bosh kotibi Antonio Guterresning Kipr bo’yicha maxsus maslahatchisi Jan Holl Lute bilan Anqarada uchrashdi.
Uchrashuvda Kiprdagi vaziyat muhokama qilindi.
Uchrashuv tafsilotlari haqida twitter’da ma’lum qilgan Mavlud Chavusho'g’li, Lute bilan aprel oyida Jenevada Kipr masalasiga bag’ishlab o’tkaziladigan 5+1 formatidagi norasmiy anjumanga tayyorgarlikni ko’zdan kechirganligini qayd etdi.
“Kiprdagi barcha tomonlar manfaati uchun barqaror va real yechim ikki davlatning suveren tengligiga asoslangan hamkorlikdir”,-deb yozadi Mavlud Chavusho'g’li twitterdagi sahifasida.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan Xitoyga bo‘lgan tashrifi doirasida Urumchi va Qashqar shahriga uchradi
Hakan Fidan xitoylik hamkasbi Van Ining taklifiga binoan hozirda rasmiy tashrif bilan Xitoyda.