Fuat O’ktay:"Pandemiyaga qarshi kurashda Turkiya modeli dunyoga o’rnak bo’ldi"

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Jahon iqtisodiy forumi doirasida online tarzda o’tkazilgan “Turkiya mamlakat strategiyasi bo'yicha dialog yig'ilishi”da ishtirok etdi.

1603443
Fuat O’ktay:"Pandemiyaga qarshi kurashda Turkiya modeli dunyoga o’rnak bo’ldi"

 

Turkiya vitse-prezidenti Fuat O’ktay Jahon iqtisodiy forumi doirasida online tarzda o’tkazilgan “Turkiya mamlakat strategiyasi bo'yicha dialog yig'ilishi”da ishtirok etdi.

Fuat O’ktay tadbirda so’zlagan nutqida Turkiya dunyoda koronavirus pandemiyasidan keyingi jarayonda eng muhim ishlab chiqarish markazidan biriga aylanishini ta’kidladi.

Uning aytishicha, pandemiyaning salbiy oqibatlaridan nafaqat Turkiya, balki butun dunyo ta’sirlandi.

“Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an yetakchiligida Turkiya sog’liqni saqlash, ijtimoiy xavfsizlik, raqamlashtirish, ishlab chiqarish va boshqa turli sohalarda iqtisodiyotimiz ravnaqiga hissa qo’shish yo’lida beqiyos muvaffaqiyatlarga erishdi. Pandemiyaga qarshi kurashda Turkiya modeli dunyoga o’rnak bo’ldi”,-dedi Fuat O’ktay.

Uning ta’kidlashicha, Turkiya pandemiya davrida bir qator sohada yuqori ko’rsatgichlarga erishdi.

“Turkiya bilan Xitoy ijobiy o’sish ko’rsatgichiga erishar ekan, eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti katta darajada toraydi”,-dedi Fuat O’ktay.

Turkiya koronavirusga qarshi emlash bo’yicha dunyoda oldinda borayotgan besh davlatdan biri ekanligini tilga olgan Fuat O’ktay: “Bundan tashqari, ushbu murakkab sharoitda qiyin ahvolda bo’lgan boshqa davlatlarga ham yordam qo’lini uzatdi”,-dedi.

“Turkiya geostrategik joylashuvi, rivojlangan ishchi kuchi, ichki bozorining yuqori salohiyati, shuningdek kuchli va raqobatbardosh xususiy sektori ko’magida pandemiyadan keyin dunyoda eng muhim ishlab chiqarish markaziga aylanadi”,-deb qo’shimcha qilgan Turkiya vitse-prezidenti.


Tanlangan kalimalar: #pandemiya , #Turkiya , #Fuat O'ktay

Aloqador xabarlar