Bosniya-Gersegovina prezident kengashi rahbari Turkiyaga tashrif buyurdi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an oliy martabali mehmonni Anqarada prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

1602799
Bosniya-Gersegovina prezident kengashi rahbari Turkiyaga tashrif buyurdi
Cumhurbaşkanı Erdoğan Bosna Hersek Devlet Başkanlığı Konseyi Başkanı Milorad Dodik2.jpg
20210316_2_47362444_63425871.jpg
20210316_2_47362444_63425874.jpg
Cumhurbaşkanı Erdoğan Bosna Hersek Devlet Başkanlığı Konseyi Başkanı Milorad Dodik3.jpg

 

Kecha, 16 mart kuni Bosniya-Gersegovina prezident kengashi rahbari Milorad Dodik rasmiy tashrif bilan Turkiyaga keldi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an oliy martabali mehmonni Anqarada prezidentlik saroyida rasmiy marosim bilan kutib oldi.

Marosimda Turkiya vitse-prezidenti Fuat O'ktay, Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li, Transport va infratuzilmalar vaziri Odil Karaismailog'li, Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti rahbari Faxriddin Altun va Prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin hamda Bosniya-Gersegovina delegatsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Erdo'g'an va Dodikning tor doiradagi muzokarasi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda yetakchilar Turkiya bilan Bosniya-Gersegovina o‘rtasidagi munosabatlarning bugungi holatini yuqori baholadi. Siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishning keng ko‘lamli masalalarini muhokama qildi.  

 



Aloqador xabarlar