Chavusho‘g‘lu, YIning samimiy va strategik munosabatda bo‘lishi kerakligini qayd etdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada Slovakiya Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Ivan Korchok bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida so‘zlagan nutqida, Turkiya - Yevropa ittifoqi munosbatlariga to‘xtaldi.

1602437
Chavusho‘g‘lu, YIning samimiy va strategik munosabatda bo‘lishi kerakligini qayd etdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Yevropa ittifoqi munosabatlarining yo‘l olishi uchun o‘tmishdagi xatolarning takrorlanmasligi, Yevropa ittifoqining samimiy va strategik munosabatda bo‘lishi kerakligini qayd etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Anqarada Slovakiya Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Ivan Korchok bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida so‘zlagan nutqida, Turkiya - Yevropa ittifoqi munosbatlariga to‘xtaldi.

Fetullahchi terror tashkilotining 2016 - yilning 15 - iyuli kungi to‘ntarish tashabbusi ortidan davrning Yevropa ittifoqi liderligining, Turkiyaga tashrif uyushtirmagani va yetarli darajada qo‘llab - quvvatlamaganliklarini tan olgan holda, kechirim so‘raganini yodga solgan Chavusho‘g‘lu,

“Turkiya duch kelgan eng jiddiy xavfda ham Yevropa ittifoqi strategik ahamiyatini bilamiz degan Turkiyani ana shu vaqtda yolg‘iz qo‘ydi”. - deya gapirdi.  

Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Yevropa ittifoqi o‘rtasidagi muzokaralarning siyosiy sabablar yuzasidan to‘xtaganiga e’tibor qaratgan holda,

“Qo‘limizda faqatgina migratsiya bo‘yicha kelishuv qoldi. Bu asosda 2016 - yildan beri Turkiya zimmasiga tushgan barcha vazifalarini bajardi. Yevropa ittifoqi esa amalga oshirmadi, bajarishni xohlamadi”. - deya gapirdi.

Oxirgi 1 yil ichidagi tarangliklarga nazar solingudek bo‘lsa unda Yevropa ittifoqining o‘z qadriyatlariga to‘g‘ri kelmasligiga qaramay birdamlik tushunchasida butunlay Turkiyaga qarshi ekaniga e’tibor qaratgan Chavusho‘g‘lu,

“YI tarkibidagi davlatlarning nohaq siyosatlari va maksimalist talablarini qo‘llab - quvvatlashga majbur bo‘ldi”. - deb bayonot berdi.

Chavusho‘g‘lu, 2020 - yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan liderlar sammiti ortidan ijobiy tusda muhit yaralganini yodga solgan holda, “Turkiya - YI munosabatlarining yo‘l ola olishi uchun o‘tmishdagi xatolarning takrorlanmasligi, YIning samimiy, strategik munosabatda bo‘lishi kerak”. - dedi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Korchok bilan bo‘lgan uchrashuvlarida ikkala mamlakat munosabatlarini har jihatdan qo‘lga olganliklarini belgilab o‘tgan holda,  

“Ayniqsa iqtisodiy munosabatlariga alohida e’tibor beryapmiz. Bu doirada savdo munosabatlarimiz 1.5 milliard dollardan oshdi. Maqsadimiz, 5 milliardga yetkazishdir.” - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Chavusho‘g‘lu, Suriyadagi ichki urush haqida,

“Bittayu bitta yo‘lning siyosiy yo‘llar ekaniga ishonchimiz komil. Kelasi davrda siyosiy jarayonga ko‘proq ahamiyat beramiz.” - deya gapirdi.

Slovakiya Tashqi Ishlar vaziri Korchok esa,

“Turkiya NATO bo‘yicha muhim sherigimizdir. Gap faqatgina sheriklik haqida emas ayni vaqtda judayam muhim ittifoqlik borasida ketmoqda”. - dedi.  



Aloqador xabarlar