Turkiyaning Covid-19ga qarshi muvaffaqiyatli kurashi kitob sifatida chop etilmoqda
Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid-19) ga qarshi muvaffaqiyatli kurashi kitob sifatida chop etilmoqda
Turkiyaning yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi bergan muvaffaqiyatli kurashi kitob sifatida chop etilmoqda.
Prezidentlik apparati Aloqalar bo‘limi yetakchisi Faxrettin Altun tomonidan Twitter hisobi orqali berilgan bayonotda,
“Koronavirus pandemiyasiga qarshi bergan muvaffaqiyatli kurashimizni kitoblashtirdik. Davlatimiz, Prezidentimiz Rajap Tayyip Erdo‘g‘an yetakchiligida barcha tashkilot bilan bir vaqtning o‘zida olib borilgan muvaffaqiyatli siyosatni qalamga olgan muhim asarimiz ertaga chop etiladi”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.
Altun ushbu postida, “Asrning global pandemiyasi - Turkiyaning koronavirusga qarshi muvaffaqiyatli kurashi”. - deb nomlangan kitob muqovasiga ham o‘rin berdi.
Kitob muqovasida ustida Turk bayrog‘i o‘rin olgan oq kombinezon kiygan va yuzi niqobli tibbiy xodimning fotosurati o‘rin olmoqda.
Aloqador xabarlar
Fidan bilan Mirzoyan mintaqaviy masalalarni ham qo‘lga oldi
Hakan Fidan bilan Ararat Mirzoyan telefon orqali muloqot qildi.