Turkiya Indoneziyaga hamdardlik bildirdi

“Indoneziya g’arbidagi Yava provintsiyasida ro’y bergan avtohalokatda halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Do’st va qardosh Indoneziya xalqiga, halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi hamdardlik maktubida.

1599909
Turkiya Indoneziyaga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya Indoneziyada kamida 27 kishining hayotiga zomin bo’lgan avtohalokat munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

“Indoneziya g’arbidagi Yava provintsiyasida ro’y bergan avtohalokatda afsuski, 27 kishi halok bo’lganidan boxabar bo’ldik. Fojiada halok bo’lganlarni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Yaradorlarga shifo tilaymiz. Do’st va qardosh Indoneziya xalqiga, halok bo’lganlarning oilalariga chuqur ta’ziya izxor etamiz”,-deyiladi hamdardlik maktubida.

Eslatma: Kecha, 11-Mart kuni Indoneziyaning Yava orolida maktab avtobusining jarlikka qulashi oqibatida kamida 27 kishi halok bo‘ldi, 39 kishi jarohatlandi. 

Ushbu fojia Sumedang shahrida ro’y bergan. Avtobus o‘quvchilar va ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilarga to’la bo’lgan. Ular sayohatdan qaytayotganda avtobus yo’lda 20 metrlik jarlikka qulagan. Avtobusda jami 62 kishi bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #hamdardlik , #avtohalokat , #Indoneziya , #Turkiya

Aloqador xabarlar