Chavusho‘g‘lu Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Rossiya - Qatar Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi uchun hozirda Qatarda.

1599420
Chavusho‘g‘lu Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Dohada Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad al - Soniy bilan uchrashdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu ijtimoiy tarmoq Twitterda qoldirgan postida, Qatar Amiri al - Soniy bilan uchrashuv o‘tkazganliklarini ifoda etgan holda Suriyadagi nizoning hal qilinishiga ko‘rsatgan say - harakatlarida Qatarning rolini xursandchilik bilan qarshi olganliklarini bildirdi.

“Afg‘onistonda tinchlik tomon yo‘l olgan qadamda Qatar bilan birgalikda faoliyat olib boramiz”. - degan ifodalarga o‘rin bergan Chavusho‘g‘lu, kuchli hamkorlikning mintaqa tinchligiga ham xizmat qilishiga e’tibor qaratdi.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu, Turkiya - Rossiya - Qatar Tashqi Ishlar vazirlari yig‘ilishi uchun hozirda Qatarda.



Aloqador xabarlar