Turkiya, Rossiya va Qatar Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolishga kelishib oldi

Bugun, 11 mart kuni Qatar poytaxti Dohada Turkiya-Rossiya-Qatar uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari sammiti bo’lib o’tdi. Unda Suriyadagi gumanitar inqiroz muhokama qilingan.

1599429
Turkiya, Rossiya va Qatar Suriyaning hududiy yaxlitligini saqlab qolishga kelishib oldi

 

Bugun, 11 mart kuni Qatar poytaxti Dohada Turkiya-Rossiya-Qatar uch tomonlama tashqi ishlar vazirlari sammiti bo’lib o’tdi.

Suriyaga bag’ishlangan ushbu sammitda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Qatar tashqi ishlar vaziri ishtirok etdi.

Sammit yakuniga ko’ra, Turkiya, Rossiya va Qatar ishtirokida Suriyada vaziyatni barqarorlashtirish yo’lida uch tomonlama muzokaralarni boshlashga kelishib olindi. Maqsad Suriya inqiroziga mustahkam siyosiy yechim topish va bu jarayonga hissa qo’shishdir.

Mavlud Chavusho’g’li Turkiya Suriyaning hududiy yaxlitligini va tinch aholini himoya qilish hamda terroristik guruhlarga qarshi kurashishni davom ettirishini ma’lum qildi.

Vazirning ta’kidlashicha, sammit o’ta samarali va do’stona muhitda bo’lib o’tgan. Unda Suriyadagi gumanitar inqiroz muhokama qilingan.

“Hozirda suriyalik 6.5 mlndan ko’proq aholi boshqa mamlakatlarda kun kechirmoqda. Ulardan 3.4 mlni Turkiyada yashamoqda”,-dedi Mavlud Chavusho’g’li.

Suriyaning birdamligini ta’minlash yo’lida ko’rsatilayotgan yordamlar davom etishini tilga olgan Mavlud Chavusho’g’li: “Navbatdagi sammitni Turkiyada o’tkazishga kelishib oldik. Maqsadimiz Suriyada doimiy tinchlik o’rnatishdir”,-dedi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov: “Turkiya, Rossiya va Qatar Suriyani bo’lishga yo’l qo’ymaslikka va uning hududiy yaxlitligini saqlab qolishga kelishib oldi”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Rossiya , #Qatar , #Turkiya

Aloqador xabarlar