Turkiya elektr energiyasining yarmidan ko‘pini mahalliy imkonlar bilan qo‘lga kiritmoqda

Erdo‘g‘an partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (TBMM) guruh yig‘ilishida so‘zlagan nutqini ishtirokchilarni, “Meroj kechasi” bilan tabriklash orqali boshladi.

1598653
Turkiya elektr energiyasining yarmidan ko‘pini mahalliy imkonlar bilan qo‘lga kiritmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘annig qayd etishicha Turkiya, bugungi kunda foydalangan elektr energiyasining 63 foizini mahalliy va qayta tiklanadigan manbaalardan qo‘lga kiritmoqda.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo‘g‘an partiyasining Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi (TBMM) guruh yig‘ilishida so‘zlagan nutqini ishtirokchilarni, “Meroj kechasi” bilan tabriklash orqali boshladi.

Erdo‘g‘an unda,

“Meroj kechasi munosabati bilan yurtimizga, xalqimizga, ummatga, butun insoniyatga tinchlik va farovonlik tilayman”. - dedi.

O‘z nutqida mahalliy va qayta tiklanadigan energiya manbaalariga to‘xtalgan Prezident, uchinchi terang dengiz burg‘ulash kemasi Qonuniyning, Filyos portida burg‘ulash ishlari uchun tayyorgarlik ko‘rayotganini va faoliyatini aprel oyida boshlatishini bildirdi.

Turkiyaning uchta burg‘ulash kemaga 450 million dollar to‘laganini bildirgan Erdo‘g‘an, bu kemalar noldan inshoo etilmaganida unda buning uchun mamlakatning 2 milliard 100 million dollar to‘lashga majbur qolishini yodga soldi.  

Erdo‘g‘an:

“Burg‘ulash ishlarini ijaraga olingan kemalar yordamida amalga oshirganimizda edi unda, xarid qilib olgandan ham ko‘proq badal to‘lash majburiyatiga giriftor bo‘lardik. Shu bois ham bu yo‘l orqali, terang dengiz burg‘ulash sohasida dunyoning yetakchi bir necha shirkatidan biriga ega bo‘ldik”. - dedi.

Tabiiy gaz masalasida tashqariga bo‘lgan qaramlilikni ma’lum darajada kamaytiruvchi qadamlarni birma - bir tashlaganliklarini belgilab o‘tgan Erdo‘g‘an, elektr energiyasi bo‘yicha esa quyidagilarni ifoda etdi:

“Bundan buyon qarshimizda, o‘tgan yili foydalanilgan elektr energiyasining 63 foizini mahalliy va qayta tiklanadigan elekt energiyasi manbaalaridan qo‘lga kiritgan Turkiya bor”.

Erdo‘g‘an, rivojlantirilgan siyosatlar va rag‘batlantirilgan investitsiyalar yordamida ma’dan eksportining ham 680 million dollardan, 4.3 milliard dollarga chiqqanini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar