Turkiyada Covid-19 ga qarshi emlanganlar soni 10 milliondan oshdi
Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid-19) ga qarshi emlanganlar soni 10 milliondan oshdi.
1597090
Turkiyada yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) pandemiyasiga qarshi kurash doirasida vaksinaning birinchi va ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni 10 milliondan oshdi.
Sog‘likni Saqlash vazirligining "https://covid19asi.saglik.gov.tr" adresida o‘rin olgan ma’lumotga ko‘ra, vaksinaning birinchi dozasini qabul qilganlar soni 7 million 570 ming 595 nafar bo‘lgan.
Vaksinaning ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni esa 2 million 442 ming 353 kishini tashkil etar ekan jami emlanganlar soni 10 million 12 ming 948 nafarga yetgan.
Vaksinaning birinchi va ikkinchi dozasini qabul qilganlar soni mamlakatning 3 ta yirik shahrida shu jumladan Istanbulda 1 million 589 ming 160, Anqarada 823 ming 160, Izmirda esa 669 ming 449 nafar.