Mavlud Chavusho’g’li Xorvatiya TIV rahbari bilan muloqot qildi
Suhbat chog’ida Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’lining o’tgan oyda Xorvatiyaga tashrifi doirasida olingan qarorlar ijrosi bo’yicha fikr almashildi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Xorvatiya Respublikasi tashqi ishlar va Yevropadan mas’ul davlat vaziri Gordan Grlik-Radman bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat chog’ida Mavlud Chavusho’g’lining o’tgan oyda Xorvatiyaga tashrifi doirasida olingan qarorlar ijrosi bo’yicha fikr almashildi.
Ma’lumki, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li 26 fevral kuni Xorvatiya Respublikasiga rasmiy ziyorat amalga oshirgandi.
U tashrif doirasida Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich tomonidan qabul qilingandi. Uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Xorvatiya-Bosniya Gersegovina uch tomonlama mexanizmini liderlar darajasida tashkil etish bo’yicha qaror qabul qilingandi.
Mavlud Chavusho’g’li shuningdek, 2020 yilning oxirgi kunlarida sodir bo’lgan zilzilada katta talofatga uchragan Petrinja hududiga ham ziyorat amalga oshirgandi.
Aloqador xabarlar
Hakan Fidan bilan Faysal bin Farhon G‘azodagi oxirgi vaziyatni qo‘lga oldi
Hakan Fidan, Saudiya Arabistoni Tashqi Ishlar vaziri Farhon bilan telefon orqali muloqot qildi.